Sardoba toshqinida oqib ketgan Milliy gvardiya xodimi hamon topilgani yo‘q
Bugun Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida «Sardoba» suv ombori bilan yuz bergan falokat tafsilotlari yuzasidan brifing bo‘lib o‘tdi.
Brifingda Milliy gvardiya Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘limi rahbari To‘lqin Qodirov Sardobadagi falokatda Milliy gvardiyaning uch xodimini suv oqizib ketganini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, xodimlarning biri voqea joyidan 15 kilometr uzoqlikdan sog‘ holda topilgan. Ikkinchi xodimning jasadi 3 may kuni topilgan bo‘lsa, uchinchi xodim esa hali ham topilgani yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, bir necha kun avval «Sardoba» suv omborida yuz bergan favqulodda holatning ilk soatlarida, tezkor guruh tarkibida evakuatsiya qutqaruv ishlarida ishtirok etgan 2 nafar xodim kuchli oqim sabab oqib ketgani xabar qilingandi. Natijada, Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi serjant Xusniddin Suyarov tabiiy ofatga qarshi kurashish jarayonida halok bo‘lgani, ikkinchi xodimni esa qidirish ishlari davom etayotgani aytilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter