Samarqanddagi «oltin tog‘i» ishi noxush yakunlandi
![Samarqanddagi «oltin tog‘i» ishi noxush yakunlandi](https://static.xabaruz.com/crop/1/9/720_460_95_1936684266.jpg)
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Paxtachi tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda fuqaro S.H. boshqa bir fuqaro F.D.ning ishonchiga kirib, unga tanishlari yordamida «Qoraqo‘ton» tog‘ida oltin qazib olishi uchun sharoit yaratib berishi evaziga 1 300 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter