Samarqandda odamlar fast-fuddan zaharlandi
Pastdarg‘om tumanidagi fast-food sotish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi «Merals» MChJ faoliyatiga chek qo‘yildi.
Joriy yilning 13 sentyabr kuni bir nechta fuqarolar tuman tibbiyot birlashmasiga ko‘ngil aynishi, qayt qilishi va boshqa og‘riqlar bilan murojaat qilishgan.
Holat o‘rganilganda ushbu fuqarolar Pastdarg‘om tumanidagi «Merals» MChJdan fast-food iste’mol qilgani aniqlandi.
Hozirda mazkur holat Sanepidqo‘mita tomonidan to‘liq nazoratga olinib, surishtiruv va o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Kuni kecha Angrenda biryo‘la uch bog‘chada tarbiyalanuvchilar ovqatdan zaharlangani xabar qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter