Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda ishchi yettinchi qavatdan tushib ketdi

Samarqandda ishchi yettinchi qavatdan tushib ketdi

Foto: Xabar.uz

Samarqand shahridagi Arxeologiya instituti qarshisida qurilayotgan binoning 7-qavatidan zinapoyalar orasidan pastga tushib ketgan ishchi vafot etdi. Bu haqda Nuz.uz xabar bermoqda. 

Samarqand shahri bo‘yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga qarashli 6-Ichki ishlar bo‘linmasidan olingan ma’lumotga qaraganda, voqea joriy yilning 6 may kuni sodir bo‘lgan.

Suvoqchilik ishlari bilan shug‘ullangan qashqadaryolik B.A voqea joyida vafot etgan. Marhum qurilayotgan binoning 7-qavatidan tushib ketganligi aynan Ichki ishlar organi tomonidan tarqatilgan ma’lumotnomada ko‘rsatib o‘tilgan. Ammo, shunisi qiziqki, bino qurilishiga ruxsat berilgan shahar hokimining 2019-yil 14-noyabrdagi qarorida u uch qavatdan iborat bo‘lishi belgilangan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar bo‘yicha IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 257-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganligini ma’lum qilindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring