Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda dekan o‘rinbosari pora bilan qo‘lga olindi

Samarqandda dekan o‘rinbosari pora bilan qo‘lga olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Chilonzor tumani bo‘limlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.

Unda fuqaro B.A. va boshqalar fuqaro A.ni Qirg‘iziston Respublikasining tibbiyot yo‘nalishidagi oliy o‘quv yurtiga o‘qishga kiritib, keyinchalik o‘qishini Andijon davlat tibbiyot institutiga ko‘chirish masalasini yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali ijobiy hal qilib berish evaziga oldindan kelishilgan 7 300 AQSh dollari hisobidan 35,5 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Xuddi shunday, Departamentning Yuqorichirchiq tuman bo‘limi hamda DXXning Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro Sh.I. boshqa bir fuqaroni Chirchiq pedagogika institutiga kontrakt asosida ushbu institutda ishlovchi tanishlari orqali o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, oldindan kelishilgan 3 000 AQSh dollari hisobidan 1 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departament hamda DXXning Samarqand viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa, Samarqand davlat chet tillar instituti fakultet dekani o‘rinbosari S.I., fuqaro N.ning ushbu institutda ta’lim olayotgan qizini yakuniy nazorat imtihonidan o‘tkazib berish evaziga 550 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring