Samarqandda bir nechta uyga suv toshdi

15-oktyabr kuni Samarqand shahrida joylashgan Al-Farobiy mahallasida bir necha xonadonlarga suv toshgan.
Jarariq kanalining drenaj kollektoriga maishiy chiqindilar tiqilib, qurilmaning suv o‘tkazuvchanlik qobiliyati kamaygani uchun toshqin bo‘lgan.
Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruvchilari 2 soat davomida kollektorni tozalashgan. Shuningdek, ular maxsus asbob-anjomlardan foydalangan holda bir nechta xonadon va ularning yerto‘lalariga toshgan suvni tortib olishgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter