Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda besh mashina o‘zaro to‘qnashdi, qurbon bor

Samarqandda besh mashina o‘zaro to‘qnashdi, qurbon bor

21-noyabr kuni Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on tumani «Mullako‘rpa» MFY hududidan o‘tuvchi ichki yo‘lda besh mashina o‘zaro to‘qnashdi. 

Ma’lum bo‘lishicha, haydovchi, 1984-yilda tug‘ilgan B.K. yuqori tezlikda «Lada Granta» rusumli avtomobilda harakatlanayotib, oldinda bo‘lgan haydovchi, 1978-yilda tug‘ilgan M.G‘. boshqaruvidagi «Cobalt» rusumli avtomobilning orqa tomoniga qattiq zarb bilan urilgan. Buning natijasida atrofda bo‘lgan:
1) haydovchi, 1992-yilda tug‘ilgan L.D. boshqaruvidagi «Damas»;
2) haydovchi, 1996-yilda tug‘ilgan S.M. boshqaruvidagi «Lacetti»;
3) haydovchi, 1978-yilda tug‘ilgan D.S. boshqaruvidagi «Tico» rusumli avtomobillar YTH qatnashchisiga aylangan.

Hodisa natijasida «Damas» avtomobili haydovchisi tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilayotgan vaqtda vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Kattaqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring