Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda 5 bola vafot etdi

Samarqandda 5 bola vafot etdi

Foto: «Lutugino.su»

Samarqand viloyatida so‘nggi 10 kun ichida sakkiz kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi. Ulardan 5 nafari voyaga yetmaganlar edi.

Bu haqda Pastdarg‘om tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi vakili Sirojiddin Abdullayev ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan o‘n kun ichida Samarqand viloyatida is gazidan zaharlanish bilan bog‘liq 4 ta holat qayd etilgan va buning oqibatida 8 kishi hayotdan ko‘z yumgan. Halok bo‘lgan sakkiz nafardan besh nafari yosh bolalar. Yana bir fuqaroning sog‘lig‘i og‘ir deb baholanib, u hozirda shifoxonada.

Baxtsiz hodisalarni dastlabki o‘rganish shuni ko‘rsatdiki, fuqarolar nosoz isitish moslamalaridan foydalanganligi oqibatida zaharlanish yuz bergan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring