Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda 4 yoshli qizni urib yuborgan haydovchi qochib ketdi

Samarqandda 4 yoshli qizni urib yuborgan haydovchi qochib ketdi

Videodan skrinshot.

Oqdaryo tumanida 31-may kuni «Nexia-3» haydovchisi 4 yoshli qizni urib yubordi.

Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, yuqori tezlikda harakatlangan mashina piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan qizni urib yuborgan.

Buning oqibatida 4 yoshli qiz og‘ir tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan va  vafot etgan.

Haydovchi qizaloq va uning opasini kasalxonaga olib borgan. Keyinchalik u yerdan qochib ketgan. Qidiruv ishlari natijasida erkak topilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring