Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyada o‘zbekistonliklarni urushga chaqiruv davom etmoqda

Rossiyada o‘zbekistonliklarni urushga chaqiruv davom etmoqda

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Moskva shahrining Salarevo metrosi va Marino aholi punkti oralig‘ida harakatlanuvchi 420-avtobusdagi monitorida urushga chaqiruv e’loni berilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan surat 7-dekabr kuni Moskva vaqti bilan soat 18:26da olinganini ko‘rish mumkin.

E’londa «Rossiya Qurolli Kuchlarida shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatga kirganingizda, siz Rossiya Federatsiyasi prezidenti farmoniga muvofiq, soddalashtirilgan tartibda Rossiya fuqaroligini olishingiz mumkin», deb yozilgan. Uning o‘zbek tilida berilishi, Rossiyada ishlayotgan, o‘qiyotgan hamyurtlarimizni urushga tortishga harakatlar hamon davom etayotganini anglatadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyada vaqtinchalik mehnat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolari Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi ziddiyatli hududlarga jalb qilish haqidagi da’vatlarga ergashmaslik, ziddiyatli hududlarga bormaslik va harbiy harakatlarda ishtirok etmaslik haqida ogohlantirilgandi.

Xususan, Jinoyat kodeksining 154 prim 1-moddasida chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga o‘xshash boshqa organlariga xizmatga yollanish uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishini eslatib o‘tilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring