Rossiyada o‘zbekistonlik fuqaroni o‘g‘irlashdi

Moskva shahridagi Rossiya federatsiyasining tergov qo‘mitasi bosh tergov bo‘limining tergov organlari 28 yoshli erkakka nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atmoqda. U o‘zbekistonlik fuqaroni o‘g‘irlashda va zo‘ravonlik qilishda ayblanmoqda.
Tergov ma’lumotiga ko‘ra, 2018-yil 28-martda gumonlanuvchi noma’lum shaxs bilan o‘zbekistonlik fuqaroni o‘g‘irlab, unga tegishli pul mablag‘ini zo‘ravonlik yo‘li bilan olishga qaratilgan jinoyatga qo‘shilgan.
O‘zaro til biriktirgan shaxslar reja ishlab chiqib, fuqaro yashayotgan Moskva shahridagi Leningrad prospektida joylashgan uyga kelishgan va jabrlanuvchiga tashlanishgan. So‘ng unga jismoniy tan jarohati yetkazib, avtomashinaga joylashgan.
Shundan keyin ular o‘zbekistonlik shaxsni Yangi Moskva hududiga olib kelib, qurol bilan tahdid qilishgan va ozod etishlari uchun 600 ming rubl so‘rashgan.
Jinoyat qidiruv bo‘limining yordami bilan jabrlanuvchi ozod qilingan. Ayni vaqtda esa jinoyatchilar ehtiyot chorasi sifatida hibsga olingan. Tergov ishlari davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter