Rossiyada o‘zbekistonlik tanishining boshiga yetdi
Rossiyaning Astraxan shahrida o‘zbekistonlik erkak hamyurtini pichoqlab qo‘ydi.
«MK» xabariga ko‘ra, 28 iyunga o‘tar kechasi Astraxandagi kafelardan birida uch nafar o‘zbekiston fuqarosi o‘zaro janjallashgan.
Muhojirlar kafeni tark etib, uyiga ketishgan, biroq ulardan birining o‘rtog‘iga nisbatan shaxsiy xusumati bo‘lgan. U tanishi uxlaganidan keyin uning bo‘yniga pichoq tortgan. Yigit voqea joyida vafot etgan.
Tanishini o‘ldirgan qotil voqea joyidan qochib ketgan. Huquq-tartibot idoralari xodimlari tez orada uni qo‘lga olgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter