Quyoshda kuchli chaqnash yuz berdi
Kecha, 14 dekabr kuni taxminan soat 21:00 da Quyoshda X2,8 intensivlikdagi kuchli chaqnash sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda «Fobos» ob-havo markazi.
«Bizga eng yaqin yulduzda bunday intensivlikdagi chaqnashlar oxirgi marta 2017 yilda qayd etilgan», — deyiladi xabarda.
NASA ham xuddi shunday intensivlikdagi kuchli chaqnashni qayd etdi. U AQShning sharqiy vaqti bilan 12:02 da (Toshkent vaqti bilan 21:02) qayd etilgan.
Quyosh chaqnashlari M1 dan X20 gacha bo‘lgan darajalarga tasniflanadi. M yoki X intensivlik sinfini, raqam esa chaqnash kuchini bildiradi. M1 — kichik olov; M5 — o‘rtacha; X1-X10 — kuchli, X20 — ekstremal.
Quyosh chaqnashlari odatda magnit bo‘ronlari bilan birga keladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter