Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Quyosh nuridan himoyalovchi linza

Quyosh nuridan himoyalovchi linza

Foto:«Sabah.com»

 

Quyoshning zararli ultrabinafsha nurlaridan to‘suvchi linza ishlab chiqildi. Bu haqda «Sabah» nashri xabar bermoqda.

Amerika Oziq-ovqat va farmasevtika idorasi (FDA) shu vaqtgacha faqat quyoshga qarshi ko‘zoynaklardan foydalanishga ruxsat bergan edi. Endilikda qoraytirilgan linzalar ham sotuvga chiqariladi.

Mutaxassislarning aytishicha, sun’iy yorug‘lik va ultrabinafsha nurlar ko‘zga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Yorug‘likka qarab o‘zgarib turuvchi linzalar esa ultrabinafsha nurlardan asraydi. Linzalardan uzog‘i bilan 14 kungacha foydalanish mumkin. Ularni taqib uxlab bo‘lmaydi. Ko‘zida infeksiya, qizarish bo‘lgan bemorlarga linza tavsiya etilmaydi.

Muntazam ravishda linza taqqan odamning ko‘ziga kislorod yetib bormasligi oqibatida ko‘zning tomirlari jiddiy shikastlanishi mumkin ekan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring