Diabetiklar uchun maxsus ko‘zoynak ixtiro qilindi
Braziliyalik va amerikalik olimlar qonda qand miqdorini aniqlaydigan ko‘zoynaklar uchun biosensorni ixtiro qilishdi. U terini teshmasdan, ko‘z yoshi orqali tahlil qiladi. Bu haqda «SciDev.Net» portali xabar bergan.
Qandli diabet bilan og‘riyotgan bemorlar qonda glyukoza miqdorini nazorat qilishga majbur. Buning uchun muntazam terisini teshishiga to‘g‘ri keladi. Bu esa og‘riq va hatto infeksiya tushishlariga sabab bo‘ladi.
San-Paulu universiteti olimlari San-Diyego Kaliforniya universitetining nanomuhandislik bo‘limi olimlari bilan hamkorlikda glyukozooksidaza fermenti bilan qoplangan biodatchikni ishlab chiqishdi. Ko‘z yoshidagi glyukoza glyukozooksidaza bilan reaksiyaga kirishgan zahoti elektr tutashuvi sodir bo‘ladi. Olingan signal qayta ishlanadi, natijalar esa diabet bemorining smartfoniga yoki kompyuterga yuboriladi.
Elektrod o‘zgartirilsa, qurilma qondagi alkogol va vitaminlar miqdorini, surunkali degenerativ kasalliklar alomatlarini aniqlashi, saratonni tashxislashi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter