Mahatma Gandining ko‘zoynagi kimoshdida 17 baravar qimmatiga sotildi
Hindistonlik taniqli vatanparvar-ma’rifatparvar Mahatma Gandining ko‘zoynagi Buyuk Britaniyada bo‘lib o‘tgan kimoshdi savdosida 260 ming funt sterling (340 ming dollar)ga sotildi.
Bu «East Bristol Auctions» auksionlar uyi ko‘zoknakka qo‘ygan dastlabki narxdan 17 karra qimmatroq.
Ko‘zoynak oxirgi egasiga Janubiy Afrikada 1910—1930-yillarda ishlagan amakisidan meros qolgan ekan. E’tiborli jihati, qanchalik qimmatbaho buyumi borligini uning o‘zi ham anglamagan shekilli, ko‘zoynakni konvertga solib auksionlar uyi pochta qutisiga tashlab ketgan. Konvertda shunday yozuv qoldirgan: «Bu ko‘zoynak Gandiniki bo‘lgan, menga qo‘ng‘iroq qiling».
«Bu biz ko‘rgan ko‘zoynaklarning eng mashhuri va eng qimmat tarixiy buyumdir. Egasiga unga 15 ming funt (20 ming dollar atrofida) boshlang‘ich narx qo‘yishimizni aytganimda o‘tirgan joyida yiqilib tushishiga sal qolgandi», — dedi auksionlar uyi vakillaridan biri Endryu Stouv.
Yakunda esa ko‘zoynak 17 karra qimmatiga sotilib ketdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter