Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘istondagi YTHda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Qozog‘istondagi YTHda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Foto: FVV

2018-yilning 25-iyun kuni soat 22:15da Qozog‘iston Respublikasi IIV Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasidan olingan birlamchi ma’lumotga ko‘ra, shu kuni taxminan soat 09:30larda Turkiston viloyati Tolebi tumanidan o‘tuvchi «Olmaota-Toshkent-Termiz» avtomobil yo‘lining 733 km.da «Mazda-626» rusumli va mikroavtobus «Sang Yong Istana» avtomobil vositalarining to‘qnashuvi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Foto: FVV

Natijada O‘zbekiston Respublikasi fuqarolaridan 1 nafari voqea joyida vafot etgan, 4 nafari turli darajada tan jarohati olib, Chimkent shahar shifoxonasiga yotqizilgan. Bu haqda FVV axborot xizmati xabar berdi.

Vafot etgan fuqaroning jasadi Chimkent shahar shifoxonasida saqlanmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi «Tezkor raqamlari» (+998 71) 147-10-50.

O‘zbekiston Respubliksining Qozog‘iston Respublikasidagi Diplomatik vakolatxonasi +7 727 291-06-44.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring