Qozog‘istonda halok bo‘lgan andijonlikning jasadi olib kelindi

2018-yil 23-mart kuni soat 16:20da Qozog‘iston Respublikasi Qarag‘anda viloyati Abay tumani hududida joylashgan «Karabas» temir yo‘l stansiyasida O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi 1980 y.t. R.Satimova temir yo‘l kesishmasidan o‘tayotgan vaqtda yuk poyezdi uni urib ketishi natijasida voqea joyida vafot etgan edi.
O‘zbekiston FVV va Tashqi ishlar vazirligi bilan olib borilgan hamkorlikdagi harakatlar natijasida tegishli xujjatlarni rasmiylashtirish jarayoni o‘tkazilgandan so‘ng bugun, 26-mart kuni soat 17:30da halok bo‘lgan ayolning jasadi «G‘ishtko‘prik» o‘tkazish punktiga olib kelindi.
So‘ng FVV xodimlari kuzatuvida Sog‘liqni saqlash vazirligining maxsus avtomobilida Andijon viloyati Oltinko‘l tumaniga qarindoshlariga topshirish va dafn etish uchun olib ketildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter