Qozog‘istonda andijonlik ayolni yuk poyezdi urib ketdi

Kecha, 23-mart kuni soat 16:12da O‘zbekiston Respublikasi FVV FVBMga Qozog‘iston Respublikasi FVBM IIV FVKdan yana bir mudhish yo‘l-transport hodisasi haqida xabar kelib tushdi.
FVV axborot xizmatining xabariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi andijonlik Ro‘zixon Satimova «Karabas» temir yo‘l bekati (Qozog‘iston, Qarag‘anda viloyati Abay tumani) hududidagi temir yo‘lni piyoda kesib o‘tishga urinayotgan vaqtida yuk poyezdi urib yuborgan.
Olgan tan jarohati tufayli R.Satimova voqea joyida vafot etgan. Hozirda uning jasadi Qarag‘anda viloyati Abay tumanidagi shifoxonada saqlanmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter