Qo‘yliq bozoridagi ko‘prikda osilib qolgan shaxs bo‘yicha IIBB rasmiy ma’lumot berdi (video)
Kecha, 28-fevral kuni taxminan soat 18:45da spirtli ichimlik ta’siri ostida bo‘lgan erkak kishi Bektemir tumani Toshkent halqa avtomobil yo‘li ustidagi («Qo‘yliq» bozori yaqinidagi) ko‘prikda osilib qolgan.
Toshkent IIBB xabariga ko‘ra, erkak kishi Jizzax viloyatida tug‘ilgan 42 yoshli M.E. ekanligi aniqlangan. Ichki ishlar xodimlari unga yordam ko‘rsatishgan.
U shifoxonaga yetkazilgan va unga tibbiy hamda psixologik yordam ko‘rsatilgan.
Qayd etilishicha, M.E. bunday harakat sodir etganiga nima sabab bo‘lgani noma’lum.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter