Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qoraqalpog‘istonda yangi qurilayotgan ko‘prik qulab tushdi

Qoraqalpog‘istonda yangi qurilayotgan ko‘prik qulab tushdi

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Ijtimoiy tarmoqlarda Amudaryo tumanida qurilayotgan ko‘prik qulab tushgani aks etgan suratl tarqaldi. Holat yuzasidan Amudaryo tumani hokimligi axborot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, davlat rahbarining Xorazm viloyatiga tashrifi davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatini bog‘lovchi Amudaryo daryosi ustiga avtomobil va temir yo‘l qo‘shma ko‘prigini qurish ishlari boshlangan edi.

Yangi ko‘prik qurilishi loyihasiga buyurtmachi etib «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ, Bosh loyihachi etib — «Boshtransloyiha» AJ, Bosh pudratchi etib — «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning tarkibiy bo‘linmalari belgilangan.

Amudaryo tumani hududidan Xorazm viloyati hududiga temir yo‘l transporti tarmog‘ini yo‘lga qo‘yish maqsadida, Amudaryo tumani hududining shimoliy qismidan o‘tuvchi A-380 «G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beynev» avtomobil yo‘lining 717-718-km oralig‘idan osma ko‘prik tarzda o‘tkazilgan.

Ushbu ko‘prikka 14-sonli ko‘prik qurilish otryadi tomonidan vaqtinchalik tayanch balkalar o‘rnatilgan edi. 23 mart kuni ertalab ushbu ko‘prikning vaqtinchalik tayanch ikkita balkasi noma’lum sabablarga ko‘ra qulab tushgan.

Mazkur balkalar vaqtincha o‘rnatilgan bo‘lib, ko‘prik qurilishida vaqtinchalik vazifa bajaruvchi, yordamchi vosita hisoblanadi. Hodisa oqibatida hech kim jabr ko‘rmagan.

Hozirda ushbu holatga oydinlik kiritish maqsadida Toshkent shahridan tegishli mutaxassislar va laboratoriya xodimlari chaqirilgan, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring