Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qibrayda gaz chaqnashi oqibatida ikki kishi vafot etdi

Qibrayda gaz chaqnashi oqibatida ikki kishi vafot etdi

Foto:«Xabar.uz»

21-noyabr Qibray tumanida joylashgan uylarning birida gaz-havo aralashmasining chaqnashi sodir bo‘lgan. Chaqnash oqibatida uyning bir qismi qulab tushgan.

FVV tomonidan olib borilgan qidiruv-qutqaruv ishlari vaqtida uy vayronalari ostidan  uy egasi X.N og‘ir ahvolda olib chiqilib, Toshkent shahar 7-sonli klinik kasalxonasiga yotqazildi, ammo muolajalarga qaramasdan bemor vafot etgan.

Shuningdek, olib borilgan qidiruv-qutqaruv ishlari davomida uy egasining o‘g‘li A.A. ning jasadi topilgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligiga ko‘ra, gaz-havo aralashmasining chaqnashi xonadon yonidan o‘tgan yer osti gaz quvuridan tabiiy gaz sizib chiqib, yerto‘la qismiga to‘planishi taxmin qilinmoqda.

Voqea joyiga viloyat hokimligi, FVB, IIB, SSB, Prokuratura va boshqa tegishli idoralarning kuch va vositalari jalb etilib, avariya tiklash va surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring