Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryodagi «savdo do‘koni» mojarosi

Qashqadaryodagi «savdo do‘koni» mojarosi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kasbi tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda muqaddam sudlangan X.A. fuqaro N.N.ning ishonchiga kirib, Qarshi tumanidagi tugallanmagan savdo do‘koni hujjatlarini 1 000 AQSh dollari evaziga tanishlari yordamida uning nomiga rasmiylashtirib berishini aytib, oldindan 9 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring