Qashqadaryodagi «go‘sht operatsiyasi» noxush yakunlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ko‘kdala tuman bo‘limi tomonidan viloyat YHHB xodimlari bilan hamkorlikda «Umakay» YPX maskanida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda «Qarshi-Samarqand» yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanayotgan «Cobalt» rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib ko‘zdan kechirilganda, fuqaro S.Sh. xavfsizlik talablariga javob bermaydigan 225 kg iste’molga yaroqsiz qoramol go‘shtini o‘tkazish maqsadida olib ketayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter