Qashqadaryoda salonida o‘ndan ortiq yo‘lovchi bo‘lgan avtobus ag‘anab ketdi

Bugun, 7-noyabr kuni soat 09:45 larda Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida «Shahrisabz-Miraki» yo‘lining 1-kilometrida yo‘lovchi tashuvchi avtobus ag‘darilib ketgan.
Viloyat IIB bergan ma’lumot ko‘ra, ushbu yo‘l-transport hodisasi avtobus haydovchisining rul boshqaruvini yo‘qotishi natijasida yuzaga kelgan.
Hodisa oqibatida hech kim jarohat olmagani aytilmoqda.
Qashqadaryo viloyati transport boshqarmasiga ko‘ra, davlat raqami 70 N 201 FA bo‘lgan, «Isuzu» rusumli avtobus Shahrisabz shahridan Shahrisabz tumanining Qutchi qishlog‘iga doimiy yo‘lovchi tashib kelgan. Ushbu transport vositasining yo‘lovchi tashish huquqini beruvchi litsenziya varaqasi mavjud.
Ma’lum bo‘lishicha, yo‘l-transport hodisasi vaqtida avtobus salonida 10 dan ortiq yo‘lovchi bo‘lgan, ularga jiddiy zarar yetmagan.
Holat bo‘yicha huquq-tartibot organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter