Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryoda ayolni sochini olib, qamchilashdi

Qashqadaryoda ayolni sochini olib, qamchilashdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida ayol kelin bo‘lib tushgan xonadonida eri va uning yaqinlari tomonidan bog‘lab qo‘yib vahshiylarcha kaltaklangani haqida xabarlar tarqaldi.

Holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati IIB rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, 2022 yilning 9 iyul kuni soat taxminan 23-30 larda Yakkabog‘ tumani, «Yangihayot» MFYda yashovchi fuqarolar Yu.E, Yu.B, Yu.R va Yu.Xlar  Yakkabog‘ tumani, «Yangihayot» MFYda yashovchi Q.M fuqaro Yu.X bilan ishqiy munosabatda bo‘lib yurganligidan g‘azablanib, oyoq-qo‘lini bog‘lab, sochini kesib tashlab, tanasini duch kelgan sohalariga qo‘l-oyoqlari va qamchi bilan mutassil ravishda urib, qiynab, jismoniy azob berib tan jarohati yetkazishgan. Natijada Q.M. tan jarohati olib, Yakkabog‘ tumani Tibbiyot birlashmasi shifoxonasiga tushgan.

Mazkur holat yuzasidan Yakkabog‘ tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan  fuqaro Yu.E, Yu.B va boshqalarga nisbatan O‘zR JKning 138-moddasi   2-qismi «a» bandi bilan  jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring