Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryoda eshak so‘yganlar haqida rasmiy ma’lumot berildi

Qashqadaryoda eshak so‘yganlar haqida rasmiy ma’lumot berildi

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryoda eshak so‘yib, go‘shtini sotganlar aniqlangani haqida video va foto xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati IIB ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, 2022-yilning 10 mart kuni Koson tuman IIB xodimlari tomonidan tumanning «Paxtazor» MFYda yashovchi fuqaro B.S.ning xonadonidagi xo‘jalik xonalari ko‘zdan kechirilganida bir bosh eshakni so‘yib, go‘shtini suyaklaridan ajratib qo‘yganligi, hovlisida esa yana 24 bosh eshak borligi aniqlandi.

Fuqaro B.S.ning yashash xonadonidagi xo‘jalik xonasida bo‘lgan 1 bosh eshakning lahm go‘shtlari tegishli tartibda viloyat IIB JTSB Karantin tadbirlarini ta’minlash bo‘linmasi, tuman Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi xodimlari xolislar ishtirokida hujjatlashtirib olingan.

Go‘sht mahsulotlari xolislar ishtirokida yo‘q qilindi. Mazkur holat yuzasidan Koson tuman IIB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda, deyiladi Qashqadaryo viloyati IIB axborot xizmati xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring