Qashqadaryoda qotilga aylangan jazman ushlandi
Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryoda ayol jazmani tomonidan ayovsiz kaltaklanib, yalong‘och holda uyiga tashlab ketilgani, og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan 36 yoshli ayol bir necha soatdan so‘ng vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi.
Bosh prokuratura matbuot xizmati hodisa bo‘yicha ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan 2 yanvar kuni Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi «d» bandi (Jabrlanuvchining o‘limiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan.
Shahrisabz tumani IIB TB tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter