Qashqadaryoda 4 kishi 15 yoshli qizni zo‘rlashda ayblanmoqda
Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanida 15 yoshli qiz uni 4 yigit zo‘rlaganini ma’lum qilgan. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan Kasbi tuman IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 128-moddasi 2-qism a bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Olib borilgan tergov harakatlari davomida voyaga yetmagan H.Aning arizasiga ko‘ra, zo‘rlaganlikda gumon qilingan 4 nafar shaxs bu harakatlarni sodir etmaganliklarni aytib, inkor qilishgan.
Tergov ishida dalillar yetarli bo‘lmaganligi bois tergov hujjati vaqtincha to‘xtatilgan. Bola tug‘ilib, DNK tekshiruvi natijasi e’lon qilinishi bilan tergov harakatlari qayta qo‘zg‘atiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter