Qashqadaryoda 3 yoshli bolaning qo‘li go‘sht maydalagichdan chiqarib olindi

Qashqadaryoda qo‘li go‘sht maydalagichga kirib ketgan 3 yoshli bolaga yordam ko‘rsatildi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 8-may kuni viloyat FVB navbatchi dispetcherlik xizmatiga 3 yoshli bolaning ehtiyotsizligi oqibatida chap qo‘li go‘sht maydalagich ichiga kirib qolgani va uni olishda amaliy yordam kerakligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Viloyat qutqaruv otryadi qutqaruvchilari aytilgan shifoxonaga yetib borib, qisqa vaqt ichida tibbiyot xodimlari bilan birgalikda qurilmaning metal bo‘lagini olib tashlashda amaliy yordam ko‘rsatgan.
Tibbiyot xodimlari bergan ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda bolaning ahvoli yaxshi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter