Qarshida yuzaga kelgan yong‘inda odamlar halok bo‘ldi
Qarshidagi mebel ishlab chiqarish ustaxonada yuzaga kelgan yong‘in oqibatida uch kishi halok bo‘ldi, deb xabar berdi Qashqadaryo viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi.
Viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga yong‘in haqidagi ma’lumot 1 oktyabr kuni ertalab soat 09:10da kelib tushgan. Beshta yong‘in-qutqaruv guruhi soat 09:13 da hodisa joyiga yetib kelgan va uch daqiqadan so‘ng yong‘in qurshab olinib, soat 09:26 da to‘liq o‘chirilgan.
Hodisa natijasida 200 kv. m. ga yaqin maydondagi mebel mahsulotlari yongan, binoning 800 kv. m. qismi asrab qolingan. Qutqaruvchilar yonayotgan binodan uch kishini olib chiqishdi, biroq keyinchalik ular Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi viloyat bo‘limida vafot etdi.
Hozirgi vaqtda yong‘in sabablari o‘rganilib, yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter