«Qamchiq»dagi yirik avariya haqida rasmiy ma’lumot berildi
Kecha, 10 sentyabr kuni tungi soat 22:46 da «Toshkent-O‘sh» xalqaro avtomobil yo‘li 247-kilometrining «Qamchiq» dovoni qismida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
Farg‘ona vodiysi tomon harakatlanayotgan «Isuzu» rusumli yuk mashinasi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, bir nechta avtomobillarga urilib YTH sodir etgan.
To‘qnashuv natijasida ayrim avtomobillar yonib ketgan.
Hodisa oqibatida voqea joyida 3 kishi halok bo‘lgan, 5-7 kishi jarohatlangan.
Zudlik bilan hodisa joyiga FVVining «Qamchiq» Maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasidan 2 ta ekipaj va 1 ta avtoevakuator yetib borgan hamda yonayotgan mashinalar soat 23:50 da o‘chirilgan.
Shuningdek, qutqaruvchilar tomonidan voqea joyida jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, malakali tibbiy yordam ko‘rsatish uchun shifoxonaga yuborilgan.
Oradan oz vaqt o‘tib shifoxonada yana 1 nafar fuqaro vafot etgan.
«Qamchiq» dovoni avtomobillar harakati uchun ochilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter