Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Qamchiq»da bir yigit tog‘ qiyaligidan tushib ketdi

«Qamchiq»da bir yigit tog‘ qiyaligidan tushib ketdi

Foto: FVV

«Qamchiq» dovonida joylashgan Qo‘shminor MFYning aholi yashash joyidan uzoqda, ya’ni tog‘li hududining yuqori qismiga ikki fuqaro dam olishga chiqqan. Ularning biri ehtiyotsizlik oqibatida qiyalikdan tushib ketgan. Bu haqda joriy yilning 18 avgust kuni soat 11:43 lar atrofida «Qamchiq» Maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasiga ma’lumot kelib tushgan.

Dastlab ular tez tibbiy yordamga qo‘ng‘iroq qilishgan. Tibbiyot xodimlari voqea joyiga yetib kelgan, biroq ancha balandlikdagi jabrlangan fuqaroni quyiga tushirib olishda qo‘shimcha yordam kerakligi bois holat yuzasidan «Qamchiq» qutqaruv otryadi xodimlariga xabar berilgan.

Shunga ko‘ra, boshqarmaning qutqaruv guruhidan oddiy askar J.Kuranbayev yetib kelgan va tez tibbiy yordam xodimlari bilan birga jabrlanuvchini pastga olib tushishgan.

O‘z navbatida, jabrlangan fuqaroga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, Pop tumani markaziy shifoxonasiga yuborilgan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring