Prezident davlat maslahatchisi Rustam Qosimov vafot etdi
O‘zbekiston Prezidentining Davlat maslahatchisi, Xalqaro islom akademiyasi rektori, davlat va jamoat arbobi, Rustam Sobirovich Qosimov og‘ir kasallikdan so‘ng vafot etdi.
Rustam Qosimov 2004-yil mayidan 2008-yilgacha Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri bo‘lgan, 2004-yil oktyabridan bir vaqtning o‘zida bosh vazir o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan. 2009-2011-yillarda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga rektorlik qilgan.
Marhumning yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter