«Prava» bo‘yicha berilgan va’da qimmatga tushdi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bandixon tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda fuqarolar R.D. va T.S. fuqaro A.A.ga go‘yoki viloyat YHHB ishlovchi tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasini olib berish berish evaziga 300 AQSh dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Shu kabi, Departamentning Yangiqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Sh.A. fuqaro S.E.ga tanishlari yordamida o‘quv mashg‘ulotlariga qatnashmasdan haydovchilik guvohnomasi olib berish evaziga 100 AQSh dollari va 1,1 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter