Poytaxtda yuz bergan YTH oqibatida 18 yoshli haydovchi vafot etdi
Kecha, 11-dekabr soat 20:20 lar atrofida poytaxtning Shayxontohur tumani Ko‘kcha darvoza ko‘chasi, Suzuk ota mahalla arkasi qarshisida BYD va Equinox ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB xabar berdi.
Ma’lumotga ko‘ra, 1988-yilda tug‘ilgan haydovchi R.K. boshqaruvidagi BYD va 2006-yilda tug‘ilgan A.X. boshqaruvidagi Equinox o‘zaro to‘qnashgan.
Hodisa oqibatida Equinox haydovchisi shifoxonada vafot etgan.
Ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transportni ta’mirlash yoki uni foydalanishga chiqarish qoidalarini buzish odam o‘lishiga sabab bo‘lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter