Polyak askari ikki nafar amerikalik tankchini do‘pposladi
«Life.ru» mahalliy matbuotga asoslanib xabar berishicha, hozir oshkor qilingan bu voqea 22-iyul kuni Zlotsenets shahridagi barlardan birida sodir bo‘lgan. Noma’lum sabablarga ko‘ra ikki mamlakat askarlari o‘rtasida kelishmovchilik chiqib, mushtlashuvga aylanib ketgan. Natijada bir polyakning o‘zi ikki amerikalikka bas kelgan.
Jabrlanganlar «Atlantic Resolve» operatsiyasi doirasida Polshada turgan tank brigadasida xizmat qilishadi. Ularning biri og‘ir jarohat olib gospitalda yotibdi, ikkinchisi tibbiy yordamni olib safga qaytgan.
— Gumondor uch oy muddatga vaqtincha hibsga olingan. U 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin, — dedi prokuratura vakili Malgojata Voysexovich.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter