Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Piyodaning o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi qidirilmoqda

Piyodaning o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi qidirilmoqda

Foto: «Informator»

Toshkent viloyatining Angren shahrida 2018-yil 12-noyabr kuni noma’lum haydovchi Appartak mahallasida joylashgan «Mubina Oil» AYoQSh oldida piyoda, shu mahallada yashovchi U.A.ni urib yuborib, voqea joyidan qochib ketgan.

Olingan jarohat natijasida U.A. voqea joyida vafot etgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, ushbu yo‘l-transport hodisasini sodir etgan noma’lum haydovchini aniqlash va ushlash choralari ko‘rilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ushbu yo‘l-transport hodisasini sodir etib, voqea joyidan ketib qolgan haydovchi va uning boshqaruvidagi avtomashina haqida biron-bir ma’lumotga ega fuqarolardan ichki ishlar organlari bo‘linmalari yoki «102» telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, xabar berish so‘ralgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring