Parkent tumanida 8 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

2021-yil 17-iyul kuni soat 15:00larda Toshkent viloyati Parkent tumani «Parkent-Kumushkon» yo‘lida 1990-yilda tug‘ilgan haydovchi M.A. «HOVO» rusumli yuk avtomobilida harakatlanib ketayotgan vaqtda tormoz tizimi ishdan chiqib boshqaruvni yo‘qotgan va natijada:
1) haydovchi M.M. boshqaruvidagi «GAZ-24»;
2) haydovchi F.R. boshqaruvidagi «Spark»;
3) haydovchi A.R. boshqaruvidagi «Neksiya»;
4) haydovchi B.T. boshqaruvidagi «Spark»;
5) haydovchi M.Yu. boshqaruvidagi «Lasetti»;
6) haydovchi Z.M. boshqaruvidagi «Gazel»;
7) haydovchi B.U. boshqaruvidagi «VAZ-2106» rusumli avtomobillar bilan to‘qnashib YTH sodir etgan.
Oqibatda «VAZ-2106» rusumli avtomobil haydovchisi B.U. hamda uch nafar yo‘lovchilariga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Mazkur YTH yuzasidan Parkent tumani IIB huzuridagi TB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter