Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zidan kichik yigit bilan axloqsiz video olgan ayol qo‘lga tushdi

O‘zidan kichik yigit bilan axloqsiz video olgan ayol qo‘lga tushdi

Buxoroda jinsiy aloqa jarayonini video tasvirga olib, evaziga bu videoni tarqatib yuborish bilan qo‘rqitib, jazmanidan pul talab qilgan ayol qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Holatga ko‘ra, Romitan tumanida yashovchi 29 yoshli N.B. shu tumanda yashovchi 26 yoshli erkak I.H. bilan yashirincha ishqiy munosabatda bo‘lib yurgan. Oradan ko‘p o‘tmay, ayol erkakni har tomonlama siquvga ola boshlagan.

Shunday kunlarda I.H. uni qo‘lga olishga undash uchun yana N.B.ning xonadoniga borgan. Bu gal N.B. erkak bilan ishqiy munosabati jarayonini shaxsiy telefoniga video tasvirga olgan. Va ushbu video tasvirni erkakning oila a’zolariga ko‘rsatish hamda turmush o‘rtog‘idan ajratib yuborish bilan qo‘rqitgan. Tarqatib yubormasligi evaziga ayol erkakdan 400 AQSh dollari miqdoridagi pullarni talab qilgan.

I.H. esa holat yuzasidan viloyat huquq-tartibot idoralariga murojaat qilishga majbur bo‘lgan.

«Joriy yilning 17-noyabr kuni I.H.ning murojaati yuzasidan tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu jarayonda ayolning erkak bilan o‘zaro telefon orqali muloqotida unga nisbatan kurakda turmaydigan so‘zlar bilan haqoratli so‘zlar ishlatib, video tasvirni tarqatib yuborish bilan qo‘rqitib, undan pul talab qilayotgani yozib olindi. Ayol Buxoro tumani markazida joylashgan avtomobillarga gaz quyish shoxobchasi oldida talab qilingan pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi. Shu o‘rinda, erkaklarni ham xiyonat yo‘liga kirmaslikka chaqirib, xiyonat oqibati mana shunday ko‘ngilsiz holatlarga olib kelishi mumkinligini eslatamiz. Faqatgina ayollar emas, erkaklar ham har qanday xatti-harakati uchun qonun oldida javobgardirlar!» — deydi huquq-tartibot idorasi vakili.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 165-moddasi (Tovlamachilik) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring