O‘zbekistonlik taniqli sportchi «ko‘cha jangi» qurboni bo‘ldi
Shu yilning 10-sentyabrdan 11-sentyabrga o‘tar kechasi Toshkentning Yunusobod tumani hududida joylashgan kafelarning birida mojaro sodir bo‘lgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.
Shundan so‘ng, ikki guruh munosabatlarga aniqlik kiritish uchun ko‘chaga chiqishgan. O‘rtadagi janjalda 23 yashar Muslimbek O. (MMA jangchisi) jiddiy jarohat olgan va shifoxonada vafot etgan.
Hozirda voqea yuzasidan ish ochilib, tergov harakatlari ketmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter