Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonlik fuqaro Rossiyada 1 tonnadan ziyod «narkotik saqlovchi o‘simlik» bilan qo‘lga tushdi

O‘zbekistonlik fuqaro Rossiyada 1 tonnadan ziyod «narkotik saqlovchi o‘simlik» bilan qo‘lga tushdi

Rossiyaning janubidagi Novorossiysk shahri chegarasida bojxonachilar yuk poyezdi tarkibida shubhali yuk ortilgan konteynerni aniqlashdi. Mazkur konteyner O‘zbekistondan kelgan bo‘lib, unga quritilgan mevalar, na’matak mevasi, zig‘ir yog‘i va idish-tovoqlar yuklangan.

Bojxonachilar, shuningdek, mazkur yuklar orasida og‘irligi 1 tonna 188,22 kilo bo‘lgan tarkibida giyohvandlik moddasini saqlovchi garmala o‘simligining quritilganini aniqlashgan.

Bojxona ko‘rigida quritilgan garmala o‘simligidan namuna olingan. Ekspertiza xulosalariga ko‘ra, mazkur o‘simlik o‘z tarkibida Rossiya Federatsiyasida nazorat qilinishi kerak bo‘lgan va Rossiya Federatsiyasi Hukumatining qarori bilan taqiqlangan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ularning prekursorlari ro‘yxatiga kiritilgan giyohvandlik vositasi – garminni o‘z ichiga olishi aniqlangan.

Aniqlanishicha, mazkur o‘simlik yuk kemasi bilan Yaqin Sharq davlatlaridan biriga jo‘natilishi kerak bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 229.1-moddasi (giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning prekursorlari kontrabandasi) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ma’lumot uchun, ushbu – garmala o‘simligining quritilgani O‘zbekistonda keng iste’mol qilinib, xalq tilida «isiriq» deyiladi. Xalq tabobatida, xususan, Ibn Sino asarlarida shifobaxsh o‘simlik sifatida tavsiya qilinadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring