Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston Qirg‘izistonga yordam ko‘rsatadi

O‘zbekiston Qirg‘izistonga yordam ko‘rsatadi

Bishkekdagi issiqlik elektr stansiyasida portlash yuz bergandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga asosan Qirg‘izistonga gumanitar yordam ko‘rsatiladi.

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov qirg‘izistonlik hamkasbi Jeyenbek Kulubayev bilan telefon orqali muloqot qildi.

Muloqot davomida Baxtiyor Saidov O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga asosan, O‘zbekiston tomoni Bishkek issiqlik elektr stansiyasida yuz bergan avariya munosabati bilan Qirg‘izistonga zarur yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi.

Jumladan, O‘zbekiston tomoni yordam sifatida Andijondan O‘sh shahriga suyultirilgan gaz ballonlari jo‘natilishini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, 2 fevral kuni tunda Bishkekdagi issiqlik elektr stansiyasida portlash yuz berdi. Oqibatda besh kishi jarohatlandi, shahar aholisining bir qismi issiq suv va isitish tizimisiz qoldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring