Zilzila kuchi O‘zbekistonda ham sezildi

Bugun, 18-sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan 22:47 da (18.09.2020 yil, Grinvich bo‘yicha 17:47 da) Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila kuchi O‘zbekistonda ham sezildi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar qildi.
Zilzila koordinatalari: 37,99 gradus shimoliy kenglik; 73,58 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=5,4. Chuqurlik 68 km. Zilzila epitsentridan Toshkentgacha masofa 522 km janubiy-sharqiy yo‘nalish bo‘yicha.
Zilzila O‘zbekiston hududida:
Toshkent: 522 km, 2 ball.
Namangan: 372 km, 3 ball.
Andijon: 328 km, 3 ball.
Farg‘ona: 308 km, 3 ball.
Guliston: 498 km, 2 ball.
Jizzax: 549 km, 2 ball.
Samarqand: 602 km, 2 ball.
Termiz: 561 km, 2 ball.
Qarshi: 685 km, 2 ball.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter