O‘tgan haftada 2000 nafarga yaqin piyonista haydovchi aniqlandi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasining matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 12-18-fevral kunlari respublika avtomobil yo‘llarida 134 yo‘l-transport hodisasi sodir etilgan.
Ularda 139 nafar fuqaro turli darajada tan jarohati olgan. Bu ko‘rsatkich 5-11-fevral kunlari 120 tani tashkil etib, jarohatlanganlar soni 113 nafar edi.
Xabarda keltirilishicha, o‘tgan hafta davomida yo‘l-patrul xizmati inspektorlari tomonidan 88 ming 730 qoidabuzarlik aniqlangan. Ularning 44 ming 806 tasini qo‘pol qoidabuzarliklar tashkil etadi. Jumladan, 1 ming 872 nafar haydovchi transport vositasini mast holda boshqargan, 13 ming 313 holatda belgilangan tezlik talablari buzilgan, 1 ming 258 nafar haydovchi svetofor va chorrahalardan o‘tish qoidasiga amal qilmagan. Ularga nisbatan tegishli choralar ko‘rilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter