Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘rmon yong‘inlarida 79 kishi halok bo‘ldi

O‘rmon yong‘inlarida 79 kishi halok bo‘ldi

Foto: «RIA Novosti»

«Gretsiyada davom etayotgan o‘rmon yong‘inlarida 79 kishi halok bo‘ldi», — deya xabar beradi «RIA Novosti» axborot agentligi.

Avvalroq 74 kishi halok bo‘lgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Kamida 187 kishi (164 nafari katta yosh, 23 nafari bola) jarohatlangan.

Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, yuzdan ziyod kishining taqdiri noma’lumligicha qolmoqda.

Gretsiyada dushanba kuni o‘rmon yong‘inlari boshlangan, 70 kishi qurbon bo‘lgan edi. Attika shahrida favqulodda holat e’lon qilingan.

Mamlakat bosh vaziri Aleksis Sipras halok bo‘lganlar uchun uch kunlik motam e’lon qildi.

Gretsiya prokuraturasi yong‘in sabablarini surishtirmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring