O‘qishga kiritib ko‘yish evaziga 6 000 AQSh dollar olgan o‘qituvchiga jinoiy ish qo‘zg‘atildi
Fuqarolarni Chirchiq davlat pedagogika instituti yoki Toshkent davlat pedagogika universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan o‘qituvchi ushlandi.
Huquqni muxofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Chirchiq davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi Sh.E. fuqaro B.T. va E.J.larni ushbu institut yoki Toshkent davlat pedagogika universitetiga tanishlari orqali o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 6 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter