Onlayn tanishuv oqibati yaxshilik bilan tugamadi
Jizzax viloyati Sh.Rashidov tumanida yashovchi fuqaro I.A. «102» qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, uning o‘g‘li I.U.ni noma’lum shaxslar tomonidan do‘pposlangani haqida ma’lum qilgan.
Qayd etilishicha, u telegram messenjeri orqali aldov yo‘li bilan uchrashuvga chaqirilib, urib-do‘pposlangan hamda uning «Samsung» mobil telefoni va pul mablag‘lari tortib olingan. So‘ng bosqinchilar noma’lum avtoulovda voqea joyidan yashiringan.
Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida ushbu xatti-harakatlarni Sh.Rashidov tumanida yashovchi 3 nafar shaxs: muqaddam JK 169-moddasi bilan sudlangan 1992 y.t. S.S., 1999 y.t. X.F. va 2004 y.t. universitet 1-kurs talabasi Z.R. sodir etganligi aniqlangan.
Yuqoridagi fuqarolarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 164-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter