Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qizlarning ommaviy janjaliga munosabat bildirildi

Qizlarning ommaviy janjaliga munosabat bildirildi

Foto: Skrinshot

2021 yil 13 may kuni soat 14:00 larda Koson tumani markazida joylashgan Davlat xizmatlari markazi binosi ro‘parasida bir guruh qizlar o‘zaro tortishib, janjal ko‘targan.

Voqeaga rasmiy munosabat bildirgan Qashqadaryo viloyat IIBning yozishicha, qizlar karantin qoidalariga amal qilmasdan, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan janjallashgan.

Mazkur holat yuzasidan Koson tuman IIB xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, janjalda ishtirok etgan 7 nafar fuqarolar M.Q., N.X., N.Sh., A.O., R.M., D.U., Yu.T.lar O‘zbekiston Respublikasi MJtKning tegishli moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganliklari aniqlangan.

Ularga nisbatan javobgarlik masalasini hal qilishlik uchun to‘plangan hujjatlar Jinoyat ishlari bo‘yicha Koson tuman sudiga yuborilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring