Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda maktab o‘quvchilari mushtlashuvi videosiga izoh berildi

Toshkentda maktab o‘quvchilari mushtlashuvi videosiga izoh berildi

Foto: Videolavhadan skrinshot

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida maktab o‘quvchilari o‘rtasida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘lganligi aks etgan video tarqaldi. Toshkent shahar IIBB ushbu holatga izoh berdi.

Qayd etilishicha, holat avgust oxirlarida Mirzo Ulug‘bek tumanida tasvirga olingan «Maktab» nomli serialni suratga olish jarayonida sodir bo‘lgan.  

Ssenariy bo‘yicha maktab o‘quvchilari o‘rtasidagi janjal vaqtida o‘quvchilardan birining ukasi himoya qilishi kerak bo‘lgan sahnalashtirilgan kadrlar aks etgan. Serialni suratga olishga jalb etilgan aktyorlardan biri ushbu jarayonni o‘zining telefoniga tasvirga olib, internet tarmog‘ida joylashtirgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring